Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Ombudsman maktabi” loyihasi Qarshi tumanida
27 May
Ma’lumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan ko‘p murojaatlar kelib tushadigan chekka-chekka hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda. 
Maktablarda joriy o‘quv yilidagi so‘nggi “Ombudsman soatlari” o‘tkazildi
24 May
Xabaringiz bor, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda o‘quvchilarning huquqiy xabardorligini oshirish uchun respublikamiz bo‘ylab “Ombudsman soati” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu darslar noanʼanaviy, kreativ, qiziqarli o‘tkazilishi uchun Ombudsman tomonidan videodarslar tayyorlangan.
Buxorodagi dispanserda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo'lmagan bemorlar mavjudligi aniqlandi
24 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynova viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseriga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Ombudsman boshchiligida Namangandagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigann  yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
22 May
Davlat rahbarining 2021-yil 26-iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qiynoqlarning oldini olish maqsadida Jamoatchilik guruhlari bilan birgalikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflarini amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Ombudsmanga Namangan viloyatidan yuborilgan murojaatlarda qanday masalalar ko‘tarilgan? 
22 May
Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” tadbiri Namangan viloyatida tashkil etildi. Dastlab ushbu viloyatdan yuborilgan murojaatlar tahlil qilinib, hudud uchun dolzarb bo‘lgan masalalar tanlab olindi va tegishli tashkilot vakillari jalb etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga 2024-yil 1-chorakda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar va ularni ko‘rib chiqish natijalariga bag‘ishlangan BRIFING
21 May
2024-yilning 1-choragi davomida Ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 4195 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu ko‘rsatkich, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga ko‘p. Murojaatlarning 16 tasi belgilangan tartibda anonim deb topilgan.
Mahkumlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
20 May
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tasdiqlagan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq yosh mahkumlarning aqliy salohiyatini oshirish va fikrini teran qilish maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Ombudsmanning inson huquqlarini taʼminlashdagi xalqaro hamkorligi mustahkamlanmoqda
20 May
2024 yilning 20 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari byurosi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy vakolatxonasining inson huquqlari bo‘yicha maslahatchisi Pavlo Byalik bilan uchrashdi.
Muruvvat uyida yashovchi ruhiy nosog‘lom ayolni mazax qilingani holati o‘rganildi
18 May
2024-yilning 17-may kuni Qalampir.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida yashaydigan ruhiy nosog‘lom ayolning ustidan mazax qilingani haqidagi xabarlar tarqaldi.