Uchrashuv davomida tomonlar inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi vakolatlar, milliy institutlar faoliyati, murojaatlar bilan ishlash amaliyoti hamda parlament bilan hamkorlik masalalari yuzasidan o‘zaro tajriba almashdilar.
Shuningdek, uchrashuv yakunida inson huquqlari sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlash, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Maʼlumot uchun: Malayziya Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi (SUHAKAM) Parlament tomonidan 1999 yilda qabul qilingan “Malayziya Inson huquqlari komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonun asosida tashkil etilgan bo‘lib, 2000 yildan boshlab o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Komissiya raisi va aʼzolari qonunchilikda belgilangan tartibda Malayziya Podshohi tomonidan Bosh vazir tavsiyasi asosida tayinlanadi. Bugungi kunda Malayziya Ombudsmani Milliy inson huquqlarini himoya qilish muassasalarining Global alyansi tomonidan “A” maqomi bilan akkreditatsiya qilingan.
Ombudsmanning xorijiy safarlari doirasida o‘sha mamlakatlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan va taʼlim olayotgan fuqarolarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur safar doirasida O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasida Malayziyada yashayotgan hamda taʼlim olayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. unda fuqarolar bilan ochiq va qizg‘in muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari va fikr-mulohazalari tinglandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)Axborot xizmati






