Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘quvchilarning inson huquqlari bo‘yicha bilimlari oshirilmoqda
O‘quvchilarning inson huquqlarini taʼminlashga oid masalalar bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan “Ombudsman soati” darslariga qiziqishi ortib bormoqda.

Navbatdagi o‘quv-mashg‘ulotlari Ombudsmanning Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi mintaqaviy vakillari tomonidan umumtaʼlim maktablarida tashkil etildi. Ularda jami 1000 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi.

Darslar Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi 62-sonli ixtisoslashgan davlat taʼlim maktabi va 1-sonli o‘rta taʼlim maktabida; Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi matematika maktab, Buxoro shahridagi 16-, 22- va 7-sonli maktablarda, Kogon shahridagi 11-, 10- hamda Kogon tumanidagi 20-sonli maktablarda, Buxoro tumanidagi 49-sonli o‘rta umumtaʼlim maktabi va ixtisoslashtirilgan maktabda; Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi 83 va 102-sonli, Qarshi shahridagi 14 va 9-sonli umumtaʼlim maktablarida; Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi 56-informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi, 54-sonli ixtisoslashtirilgan maktab hamda Samarqand tumanidagi 36 va 1-sonli maktablarda; Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 10 va 11-sonli, Mirzaobod tumanidagi 21 va 24-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktablarida; Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 9-sonli maktabda hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 15-, 40-, 36- va 38-umumtaʼlim maktablarida o‘tkazildi.

Darslarda o‘quvchilar xotin-qizlar huquqlari, raqamli zo‘ravonlikka qarshi kurashish, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va Ombudsmanning vakolatlari, shuningdek, Konstitutsiyada mustahkamlangan huquqlarni taʼminlash imkoniyatlari haqida hayotiy misollar asosida tushuncha oldilar. Shuningdek, bolalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati