Tadbirda Avstraliya, Bahrayn, Falastin, Fidji, Hindiston, Indoneziya, Iroq, Janubiy Koreya, Maldiv, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Nepal, Ummon, Shri-Lanka, Yangi Zelandiya kabi davlatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari rahbarlari va vakillari ham qatnashishdi.
Xalqaro tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha shakllantirilgan huquqiy, institutsional va amaliy mexanizmlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida ayollarga huquqiy, psixologik hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ishtirokchilar xabardor qilindi.






