Qabul davomida fuqarolar tomonidan mehnat, pensiya olish huquqi, ijro hujjatlarining bajarilishi, inson shaʼni va daxlsizligi, turar joyga bo‘lgan huquq, mulk daxlsizligi, tergov harakatlarini olib borish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Shu bilan birga, mahkum va mahbuslarning yaqin qarindoshlari murojaatlari ham ko‘rib chiqildi.
Har bir murojaat yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Ayrim masalalar Ombudsman nazoratiga olinib, joyiga chiqib o‘rganish maqsadida mintaqaviy vakillarga yo‘naltirildi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar o‘z murojaatlarini ombudsman.uz rasmiy veb-sayti, mobil ilova orqali elektron shaklda, shuningdek, Ombudsman devoni va hududiy mintaqaviy vakillar orqali bevosita taqdim etishlari mumkin.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






