Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi aʼzolarining 2025 yilgi maʼruza yuzasidan takliflari olindi
2026 yilning 28 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2025 yildagi faoliyati yuzasidan maʼruzasi muhokama qilindi.

Mazkur Ilmiy-maslahat kengashi inson huquqlari himoyasi sohasida yechimini kutayotgan muammolarni ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish, ularni murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha kundalik amaliyot, monitoring tashriflari va o‘rganishlar davomida aniqlangan holatlar asosida baholash hamda xorijiy davlatlar tajribasini inobatga olgan holda maʼruzani yana-da takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan.

Unda olimlar va Ombudsman instituti xodimlari o‘rtasida Ombudsmanning murojaatlar bilan ishlash, qiynoqqa solish hollarining oldini olish, monitoring va huquqiy tahlil, xalqaro hamkorlik, huquqiy targ‘ibot hamda ommaviy axborot vositalari bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyati bo‘yicha jonli muloqot bo‘lib o‘tdi.  

Yig‘ilishda Ilmiy-maslahat kengashi aʼzolari tomonidan Ombudsmanning yillik maʼruzasida ishlab chiqilgan takliflar muhokama qilindi hamda tavsiyalar bildirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati