Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ham “Ombudsman klubi” tashkil etildi
02 Noy
2023 yilning 2 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi va ushbu memorandum doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qoshida “Ombudsman klubi” tashkil etildi.
Ombudsman bilan BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligidagi loyihalar muhokama qilindi
01 Noy
2023 yilning 1 noyabr kuni Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayyad Qarman bilan uchrashdi.
Ombudsman qabulida fuqarolar qanday masalalarda murojaatlar qilishdi? 
31 Okt
2023 yilning 31 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Noqonuniy ishdan bo‘shatilgan 4 nafar murojaatchi ishga tiklandi va ular foydasiga 83 mln so‘m undirildi - Ombudsman
30 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga 4 nafar fuqaro Kadastr agentligining Jizzax viloyat boshqarmasidan asossiz ishdan bo‘shatilganliklari sababli ishga tiklashda  yordam so‘rab murojaat qilishdi.
Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili Sardoba tumanidagi aholi murojaatlarini o‘rgandi
27 Okt
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashda NNT va davlat organlarining o‘zaro hamkorligi
25 Okt
2023 yilning 25 oktyabr kuni O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (O‘zNNTMA) va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan “Inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashda nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat organlarining hamkorligi” mavzuida nodavlat notijorat tashkilotlarining Milliy forumi o‘tkazildi.
Ombudsman  BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari bilan uchrashdi
24 Okt
2023 yilning 24 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari Matilda Bogner bilan uchrashdi. 
Inson huquqlarini himoya qilish borasida Ombudsmanlarning ilg‘or tajribalari
19 Okt
2023 yilning 18-19 oktyabr kunlari Moskva shahrida "Inson huquqlarini himoya qilish masalalari: Ombudsmanlarning ilg‘or tajribalari almashinuvi" VII ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda 47 ta davlat ombudsmanlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, parlament va ijro etuvchi hokimiyat vakillari, diplomatlar ishtirok etishdi. Ombudsmanlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik anjuman Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining 75 yilligiga bag‘ishlandi.
Yevroosiyo Ombudsmanlar Alyansining (YEOA) navbatdagi VIII-yig‘ilishida qanday masalalar muhokama qilindi?
17 Okt
Joriy yilning 17 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Moskva shahrida tashkil etilgan Yevroosiyo Ombudsmanlar Alyansining (YeOA) navbatdagi VIII-yig‘ilishida ishtirok etdi. Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili mezbonlik qilgan tadbir sog‘liqni saqlash va tibbiy yordam sohasida inson huquqlarining taʼminlanishi mavzusiga bag‘ishlandi.