Mazkur murojaat Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, dispanser rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 189-moddasida belgilangan ish vaqtidan tashqari ishni qonuniy tashkil etish talablari qo‘pol ravishda buzilgani, xodimlar og‘zaki ko‘rsatmalar asosida rasmiylashtirilmasdan ishga jalb qilib kelingani aniqlandi.
Ushbu qonunbuzilish holatlarining bartaraf etish yuzasidan Ombudsman tomonidan Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga xulosa kiritildi.
Sog‘liqni saqlash boshqarmasining maʼlum qilishicha, Ombudsman kiritgan xulosasi natijasida dispanser rahbariga nisbatan intizomiy jazo — “hayfsan” qo‘llanilgan, shuningdek murojaatda qayd etilgan 5 nafar shifokorlarning salkam 3 mln so‘mlik xizmat safari xarajatlari to‘lab berilgan.
Shu bilan birga, ushbu holat dispanser jamoasi va boshqa masʼul tashkilotlar ishtirokida muhokama qilinib, masʼullar mehnat qonunchiligi talablariga rioya etish bo‘yicha ogohlantirildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati