Jumladan, binoning joriy taʼmirga muhtojligi hamda muassasada yashovchi shaxslarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlarni yaxshilash zarurati borligi qayd etilgan.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasiga Ombudsman xulosasi kiritilgan edi.
Joriy yilning 18 aprel kuni Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili mazkur muassasaga qayta monitoring tashrifi o‘tkazganida, internat uyida qurilish-taʼmirlash ishlari uchun 176 mln so‘m mablag‘ ajratilgani hamda hozirda joriy taʼmirlash ishlari boshlanganiga guvoh bo‘ldi.
Shuningdek, internatda yashovchi ayollar bilan o‘tkazilgan suhbatlar davomida, ularning stomatologik va ginekologik tibbiy xizmatlarga ehtiyoj mavjudligi aniqlanib, tegishli choralar belgilandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati