Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori bilan uchrashdi
2025-yil 21-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Maxl xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida mehmon Ombudsmanning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishdi. Suhbat davomida fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilindi.

Sabine Maxl xonim uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning taʼlim, kasb-hunar, jamiyatda faol ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, maishiy zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda kambag‘allikni qisqartirish, gender tengligini taʼminlashga qaratilgan islohotlarini eʼtirof etdi. Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar natijasida O‘zbekistonning xalqaro indekslardagi o‘rni yaxshilanib borayotgani taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni yana-da mustahkamlash hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati