Ushbu «Muruvvat» erkaklar internatda 18 yoshdan yuqori bo‘lgan birinchi va ikkinchi guruh nogironi hisoblangan imkoniyati cheklanganlar istiqomat qiladi. Monitoring tashrifida ushbu muassasada yashayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilgan yashash, tibbiy xizmat ko‘rsatish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ovqatlanish sharoitlar o‘rganildi.
Qayd etish lozimki, mazkur maskanda istiqomat qilayotganlar ijtimoiy moslashtirish barobarida qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunarga o‘rgatilmoqda. Ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha turli to‘garaklar tashkil etilgan.
Navoiyga tashrif doirasida viloyatdagi, Navoiy shahridagi 4 va Qiziltepa tumanidagi 5-son Jazoni ijro etish koloniyalariga ham monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Monitoring davomida, mahkumlar bilan suhbatlashildi, tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, koloniyalarning yotoq joylari, oshxona, kutubxona, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari, ishlab chiqarish hududidagi sharoitlar o‘rganildi. Muassasa hududida tikuvchilik, duradgorlik, qurilish mahsulotlari, yumshoq mebel yasash, IT-savodxonlik va boshqa kasb-hunarga ixtisoslashgan syexlar mavjud.
Monitoring tashriflari yakunlariga ko‘ra, mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsman ta’sir choralari shakldagi hujjatlar kiritilishi ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Ombudsman va uning huzuridagi jamoatchilik guruhi a’zolari 24-26 aprel kunlari Navoiy viloyatida bo‘lib, qator penitensiar muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati