Mazkur tadbirda Indoneziya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Ozarbayjon, Pokiston, Filippin, Yangi Zellandiya, Dominiko Respublikasi, Papua-Yangi Gvineya va boshqa davlat inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar vakillari ham ishtirok etishdi.
Muloqot davomida xorijiy davlatlar ombudsmanlari va xalqaro ekspertlar inson huquqlarini ta’minlash borasidagi ilg‘or tajribalar va zamonaviy tendensiyalar bilan o‘rtoqlashishdi.
Ma’lumot uchun: Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Tailand Ombudsmanlari o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida mustahkam hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati