Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
murojaat
Angrenda Ombudsmanning sayyor qabuli o‘tkazildi
10 Sen
2026 yilning 10 sentyabr kuni Angren shahrining “Mirzo Ulug‘bek”, “Obod”, “Navbahor”, “Yangiobod” va “Oppartak” mahallalari fuqarolari uchun Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Pedagoglarning mehnat huquqlari Ombudsman himoyasida
09 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqaro D.S. murojaat qilib, Sirdaryo viloyatidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan birida xodimlar majburiy mehnatga jalb qilinayotgani yuzasidan amaliy yordam so‘radi.
Ombudsman taqdimnomasidan so‘ng mahkum murojaati ijobiy hal etildi
07 Sen
Ombudsmanga 13-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum K.B.ning advokatidan murojaat kelib tushdi. Unda mahkum moddiy zararning ancha qismini qoplagani, intizomiy jazoga tortilmagani va rag‘batlantirilganiga qaramay, unga tuzalish yo‘liga o‘tganligi haqida ijobiy xulosa berilmagani bayon qilingan.
Murojaatlar tahlili asosida eng ko‘p murojaat kelib tushayotgan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazildi
07 Sen
Murojaatchilar bilan manzilli ishlash maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga kelib tushayotgan murojaatlar hududlar kesimida muntazam tahlil qilinib, murojaatlar nisbatan ko‘p yuborilayotgan hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Keksa ayolga qo‘llanilgan jarima, asossiz hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi —murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda
04 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga kelib tushayotgan murojaatlarda bayon etilgan holatlarni har tomonlama va xolis o‘rganish maqsadida hududlardagi mintaqaviy vakillar tomonidan joyiga chiqib o‘rganishlar olib borilmoqda.
Ombudsmanning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
27 Avg
2026 yil 27 avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Unda fuqarolarning turli huquqiy va ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari eshitildi.
Mirzacho‘lda fuqarolar murojaatlari asosida “Ombudsman maktabi” o‘tkazildi
13 Avg
2026 yilning 13 avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida “Ombudsman maktabi” platformasi doirasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
2026 yilning birinchi yarim yilligida Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlar va ularni ko‘rib chiqish natijalari hamda amalga oshirilgan monitoring tashriflariga bag‘ishlangan BRIFING
10 Avg
2026 yilning birinchi yarim yilligida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari hamda boshqa yuridik shaxslardan jami 10 468 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 12 tasi belgilangan tartibda anonim deb topildi.
Ombudsman maktabi: hududlarda fuqarolar bilan navbatdagi ochiq muloqotlar o‘tkazildi
07 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” platformasi doirasida hududlarda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Murojaatlar tahlili asosida sayyor qabul o‘tkaziladigan mahallalar tanlanmoqda
06 Avg
Fuqarolar murojaatlarini joyida hal etish maqsadida Ombudsmanning hududlardagi sayyor qabullari davom etmoqda. Sayyor qabul o‘tkaziladigan mahallalar esa fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asosida tanlanmoqda.
Qashqadaryoda murojaatlar ko‘p kelib tushayotgan hududlar bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yildi
04 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga kelib tushgan murojaatlar tahlili Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidan murojaatlar soni yuqori ekanini ko‘rsatdi.
Ombudsman qabulida fuqarolar murojaatlari eshitildi
31 Iyu
2026-yil 31-iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi. Qabulda mulk huquqi, ijtimoiy himoya, fuqarolik-huquqiy munosabatlar, uy-joy, sud-tergov jarayonlari, mahkum va mahbuslar huquqlari hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi.