Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman xodimlar huquqlarini himoya qildi: masʼulga 41,2 mln so‘m jarima
Ombudsmanga “Sirdaryo suv taʼminoti” AJ Xovos tuman bo‘limi xodimlari dam olish va bayram kunlari majburan ishga jalb qilinayotgani haqida murojaat kelib tushdi.

Murojaat Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda viloyat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.

Tekshiruvda xodimlarning tushuntirish xatlari, Telegram tarmog‘idagi videolar hamda ishga chiqishga chaqirilgan audioyozuvlar o‘rganildi. Natijada xodimlarning dam olish kunlari ishga jalb qilingani o‘z tasdig‘ini topdi.

O‘rganish yakunida bo‘lim boshlig‘i A.P.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi asosida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 41 mln 200 ming so‘m jarima tortildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati