Ochiq muloqotga Ombudsmanga ushbu hududdan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asosida aholi uchun dolzarb bo‘lgan masalalar bo‘yicha mas’ul idoralar vakillari jalb etildi.
Unda Ombudsmanning o‘rinbosari, Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili, Ombudsman Devoni xodimlari ishtirok etishdi. Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ochiq muloqot davomida aholiga tibbiy yordam va xizmat ko‘rsatish tartibi, tibbiy sug‘urtaning mohiyati va undan foydalanish yo‘llari, davlat pensiya ta’minotiga oid qonunchilikdagi yangiliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashish hamda korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishning yangi huquqiy mexanizmlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Tadbirdan so‘ng fuqarolar qabuli ham o‘tkazilib, aholi murojaatlari tinglandi va o‘rganish talab etiladigan holatlar nazoratga olindi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi aholining huquqiy xabardorligini oshirish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni joyida o‘rganish hamda mas’ul idoralar bilan hamkorlikda ularga manzilli yondashishga xizmat qilmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






