Xususan, Navoiy shahridagi tibbiy-sanitariya bo‘limida ishlovchi fuqaro mehnat huquqlari buzilgani, xususan, mehnatga layoqatsizlik nafaqalari to‘g‘ri hisoblanmagani yuzasidan Ombudsmanga murojaat qildi.
Murojaat Ombudsmanning mintaqaviy vakili so‘roviga asosan Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘rganildi. Xizmat tekshiruvida buxgalteriya hisob-kitobidagi xatolik sababli mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lanmay qolgani aniqlandi.
Mazkur to‘lov 1019 kunga kechiktirilgani inobatga olinib, Mehnat kodeksining 333-moddasi talablari asosida to‘lab berilishi ta’minlandi. Shuningdek, xatolikka yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimning lavozim maoshiga belgilangan ko‘paytiruvchi koeffitsiyenti bekor qilindi.
Yana bir murojaatda Navoiy viloyatida yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs N.T. 2019 yilda tug‘ilgan farzandini umumta’lim maktabiga joylashtirishda muammoga duch kelgani sababli Ombudsmanga amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Masala mintaqaviy vakil hamda tegishli ta’lim organlari bilan hamkorlikda o‘rganildi. Natijada bolaning 1-sinfga qabul qilinishi ta’minlandi.
Shuningdek, fuqaro M.B. aliment mablag‘lari kam miqdorda to‘lanayotgani sababli yuzaga kelgan qarzdorlikni undirishda yordam so‘radi.
Holat Ombudsmanning mintaqaviy vakili hamda Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘rganildi. Aliment to‘lovlari qayta hisob-kitob qilinganda qarzdorlik mavjudligi aniqlandi.
Shundan so‘ng qarzdor ishlaydigan tashkilot hisobxonasiga tegishli talabnoma yuborilib, aliment qarzdorligi undirildi va mablag‘ murojaatchining bank kartasiga o‘tkazilishi ta’minlandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






