Qabulda pensiya, mulk huquqi, ijtimoiy himoya, fuqarolik-huquqiy munosabatlar, uy-joy, sud-tergov jarayonlari, mahkum va mahbuslar huquqlari hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Fuqarolarning vajlari atroflicha tinglanib, ularga ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Ombudsman vakolatiga oid murojaatlar nazoratga olindi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar belgilangan tartibda ish yurituviga qabul qilindi. Ularda ko‘tarilgan holatlar Ombudsman vakolati doirasida o‘rganilib, zarur hollarda tegishli davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Ombudsmanga ombudsman.uz rasmiy sayti hamda “Ombudsman.uz” mobil ilovasi orqali elektron shaklda murojaat yuborishlari mumkin. Shuningdek, hududlarda Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga bevosita murojaat qilish imkoniyati ham mavjud. Mintaqaviy vakillarning F.I.O., qabul manzillari, telefon raqamlari va qabul kunlari haqidagi ma’lumotlar ombudsman.uz saytining “Mintaqaviy vakillar” bo‘limida joylashtirilgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






