Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanga yo‘llangan murojaatdan so‘ng IIB xodimlariga intizomiy chora ko‘rildi
Ombudsmanga Sirdaryo viloyatidan fuqaro D.A. murojaat qilib, ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirdi.

Murojaatda qayd etilishicha, Xovos tumanidagi xonadonlardan biriga profilaktika inspektori boshchiligida ichki ishlar organlarining xodimlari kirib kelgan va murojaatchining turmush o‘rtog‘ini olib ketishga uringan. Murojaatchi xodimlar mazkur harakatlar sababini tushuntirmagani hamda tegishli hujjat ko‘rsatmaganini bildirgan.

Murojaat Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, unda keltirilgan vajlar Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan o‘rganilib, ichki ishlar organlari xodimlari harakatiga huquqiy baho berish uchun nazorat xati bilan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yuborildi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Xovos tumani IIBning ayrim xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, natijasiga ko‘ra, xizmat faoliyatida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 4 nafar xodimga nisbatan “hayfsan” va “tanbeh” intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Shuningdek, bir nafar xodimning xatti-harakatlariga yakuniy baho berish masalasi Intizomiy kengashga havola etilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati