Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan, ijtimoiy yordam olish, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar hamda sud-huquq yo‘nalishidagi murojaatlar ko‘tarildi.
Sayyor qabulda tegishli davlat organlari va tashkilotlari vakillari ham ishtirok etdi. Bu esa ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga joyida huquqiy tushuntirish berish, vakolatli idoralar bilan birgalikda murojaatlarning yechimini belgilash imkonini berdi.
Ombudsman vakolatiga taalluqli murojaatlar nazoratga olinib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganish va tegishli choralar ko‘rish belgilandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






