Murojaat asosida Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda markazdagi bolalar uchun kompleks tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Natijada 24 nafar bola LOR, jarroh, okulist, psixoterapevt va terapevt mutaxassislari ko‘rigidan o‘tkazildi.
Tibbiy tekshiruvlar davomida bir nafar bolada ko‘krak qafasi deformatsiyasi aniqlandi. Yana bir nafar bolani Bolalar milliy tibbiyot markazida bepul jarrohlik amaliyotidan o‘tkazishga kelishildi va uning keyingi davolanishi bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






