Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Surxondaryoning chekka hududida sayyor qabul o‘tkazildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Sariosiyo tumanidagi Madankon mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Termiz shahridan qariyb 190 km uzoqlikda joylashgan ushbu hududda tashkil etilgan qabulda 10 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Ularda ta’lim krediti olish, uy-joyni ta’mirlash uchun maqsadli kredit ajratilishi, ijro hujjatlari bo‘yicha respublikadan chiqishga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov, bandlik va ijtimoiy masalalar ko‘tarildi.

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar mahalla yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, Sariosiyo tuman Majburiy ijro byurosi bo‘limi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda joyida o‘rganildi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, amaliy hal etish imkoniyati mavjud masalalar yuzasidan esa tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar Ombudsmanning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan nazoratga olindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati