Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
murojaat
Murojaat o‘rganilishi natijasida 26 mln so‘mlik ish haqlari undirildi – Ombudsman
12 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Namangan viloyatidan fuqaro A.D. va uning o‘g‘li A.N. ish beruvchi tomonidan oylik maoshlarining to‘lanmagani bo‘yicha shikoyat qilishdi.
Ombudsmanga onalar farzandining taʼlim olish huquqini taʼminlash bo‘yicha murojaat qildi
05 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Andijon shahridan fuqaro A.K. yashash sharoitini o‘rganish va voyaga yetmagan farzandini maktabga tiklash bo‘yicha murojaat qildi.
Ombudsmanning fuqarolar qabulida qanday masalalar ko‘tarildi
04 Mar
 2024 yilning 4 mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Asossiz qarzdorlik bo‘yicha murojaatlar hal etildi – Ombudsman
16 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Namangan viloyatidan fuqaro M.N. elektr taʼminotidan noreal qarzdorlik hisoblangani bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumani elektr taʼminoti ustidan shikoyat qildi.
Mahkuma murojaati joyiga chiqib o‘rganildi - Ombudsman
15 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga 21-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkuma A.R. farzandlaridan xavotirda ekani bo‘yicha murojaat qildi.
Andijonning chekka hududida yashovchi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi va tibbiy ko‘rik tashkil etildi
08 Fev
Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdir. 2022 yilda uning hududlardagi mintaqaviy vakillari ish boshlashi bilan respublikaning chekka hududlariga borib, fuqarolar muammolarini o‘rganish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan navbatdagi sayyor qabul viloyatning Andijon tumani, “Yuksalish” MFYda o‘tkazildi. Unda fuqarolar maishiy gaz baloni, dehqonchilik uchun yer ajratish, bank krediti, farzandlarining tug‘ilganlik haqidagi faktni tasdiqlash bilan bog‘liq masalalarda murojaat qilishdi.
Aliment to‘lamaslikning oqibati jinoiy javobgarlik bilan tugashi mumkin-Ombudsman
06 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga aliment to‘lamagani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan sudlanuvchi P.D. o‘ziga tayinlangan jazoni yengillashtirish bo‘yicha murojaat qildi.
Ishga tiklash bo‘yicha sud qarori Ombudsman aralashuvidan so‘ng ijro etildi
05 Fev
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Namangan viloyatidan fuqaro B.R. sud qarori bilan ishga olinishi belgilangan bo‘lsada, uning ijro etilmayotgani bo‘yicha murojaat qildi.
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
31 Yan
2024 yilning 31 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Noreal qarzdorlikni undirmoqchi bo‘lgan elektr va suv taʼminoti korxonalari ustidan Ombudsmanga shikoyat yo‘llandi
29 Yan
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Toshkent viloyatidan fuqaro A.B. xonadoni elektr taʼminotidan uzib qo‘yilgani bo‘yicha Yangiyo‘l tumani elektr taʼminoti korxonasi ustidan shikoyat qildi.
“Subsidiya olish bo‘yicha arizam tizimdagi xatolik sababli asossiz rad etildi” - fuqaro murojaati Ombudsman nazoratiga olindi
11 Yan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Samarqand viloyatidan fuqaro M.N. subsidiya asosida uy-joy olish uchun elektron platforma orqali yuborgan murojaati asossiz ravishda rad qilingani bo‘yicha shikoyat qildi.
Ombudsmanga homiladorlik va tug‘ish taʼtili pullari to‘lab berilmayotgani bo‘yicha murojaat keldi
09 Yan
 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqaro M.N. homiladorlik va tug‘ish taʼtili pullari to‘lab berilmayotgani bo‘yicha shikoyat qildi.