Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
murojaat
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
25 Dek
Joriy yilning 25 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
25 Dek
Ombudsmanning Sirdaryo viloyati va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari joriy haftada iqtisodiy va mehnat huquqlariga oid murojaatlarni joyiga chiqib o‘rganishdi.
Murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
06 Dek
Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) Kotibiyatiga fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda va tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Murojaatchining mulk huquqi tiklandi - Ombudsman
03 Dek
Fuqaro A.G.ga Guliston shahridagi uy-joy qurish uchun ajratilgan “turar” joy toifasiga kiruvchi yer, rasmiylashtirish jarayonida kadastr idorasi tomonidan “noturar” joyga o‘zgartirilgan. Bu o‘zgartish natijasida fuqaro nomiga 9 million so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi yuzaga kelgan.
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
29 Noy
2024 yilning 29 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Qabulda fuqarolar mehnat huquqlarining buzilishi, ijtimoiy yordam olish, uy-joy, insonparvarlik dalolatnomasini qo‘llash, sud-huquq, tergov jarayonlari, oilaviy va mulkiy munosabatlarga oid hamda boshqa murojaatlarini qoldirishdi.
Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlar jazoni o‘tashdan ozod qilindi
26 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Surxondaryo viloyatidagi 41-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 2 nafar mahkum og‘ir kasalliklari tufayli jazodan ozod qilinishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi.
Murojaatlar qo‘shimcha mutaxassislar jalb etilgan holda joyiga chiqib o‘rganilmoqda
16 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga har kuni 100-120ga yaqin yozma va elektron murojaatlar kelib tushadi. Ushbu murojaatlar o‘rganilib, Ombudsman vakolatiga tegishlilari nazoratga olinadi. Nazoratga olinmagan murojaatlar mazmunidan kelib chiqib, ko‘rib chiqish va murojaat muallifini xabardor etish uchun tegishli davlat idoralari va tashkilotlarga yo‘naltiriladi.
Fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanmoqda - Ombudsman
15 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga yuborilayotgan murojaatlar tezkorlik bilan ko‘rib chiqilib, zarurat bo‘lgan hollarda mutaxassislar jalb qilingan holda masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda. Natijada fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashga ko‘maklashilmoqda. Xususan, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi fuqaro S.A. “Guliston ekstrakt-yog‘” AJda ishlab kelgani va mazkur korxona bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan so‘ng ishlagan kunlari uchun ish haqi to‘lab berilmagani bo‘yicha murojaat qilgan edi. Ushbu murojaat nazoratga olinib, Ombudsman tomonidan fuqaro manfaatida uning mehnat huquqlarini tiklash bo‘yicha sudga daʼvo ariza kiritildi. Natijada sudning hal qiluv qarori bilan ish beruvchi zimmasiga fuqaro S.A. foydasiga jami 21 million so‘m undirilishi belgilandi.
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
06 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) aholi murojaatlarini fuqarolar qabuli, sayyor qabullar, pochta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, www.pm.gov.uz internet portali, ombudsman.uz sayti va mobil ilovasi hamda “Ombudsman quti”lari orqali qabul qilmoqda. Murojaat mazmunidan kelib chiqib, o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda. 
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda va ijobiy yechim topmoqda
05 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga yuborilayotgan murojaatlar xolisona ko‘rib chiqilib, lozim hollarda joyiga chiqib o‘rganilmoqda. Natijada fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Jumladan, Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida istiqomat qiluvchi S.G. 2024 yil aprel oyida mehnat taʼtiliga chiqqan bo‘lsa-da, tibbiyot birlashmasidan mehnat taʼtili pulini olishda muammolar yuzaga kelgani bo‘yicha murojaat qilgan edi. Ushbu murojaat Ombudsmanning Andijon viloyatidagi vakili tomonidan nazoratga olinib, prokuratura organlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida fuqaro S.G.ning 10 mln so‘mga yaqin mehnat taʼtili puli undirib berildi.
Ombudsmanning fuqarolar qabulida 50ga yaqin murojaat nazoratga olindi
30 Okt
2024 yilning 30 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Aliment to‘lamaslikning oqibati jinoiy javobgarlik bilan tugashi mumkin-Ombudsman
22 Okt
Ta’kidlash lozimki, 2024-yilning 9 oyi davomida Ombudsmanga aliment undirish bo‘yicha 370 ta murojaat kelib tushgan. Ular soni 2023-yilning shu davriga nisbatan 23,3 foizga oshgan.