Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Murojaatlar tahlili asosida eng ko‘p murojaat kelib tushayotgan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazildi
Murojaatchilar bilan manzilli ishlash maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga kelib tushayotgan murojaatlar hududlar kesimida muntazam tahlil qilinib, murojaatlar nisbatan ko‘p yuborilayotgan hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, Nukus shahridagi Do‘stlik va Qattag‘ar mahallalaridan Ombudsmanga kelib tushayotgan murojaatlar soni nisbatan yuqori ekani sababli shu  mahallalarda Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Masalalarni joyida hal etish maqsadida sayyor qabullarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, mahalliy hokimlik, profilaktika inspektorlari va boshqa masʼul tashkilotlar vakillari ham jalb etildi.

Qabullarda asosan uy-joy, ijtimoiy yordam, meros, kadastr va ish bilan taʼminlash masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.

Sayyor qabullarda 17 nafarga yaqin fuqaroning murojaatlari eshitildi. 4 ta murojaat joyida hal etildi, 8 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, 5 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish uchun qabul qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati