Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-yil 30-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabulda mulk huquqi, ijtimoiy himoya, fuqarolik-huquqiy munosabatlar, uy-joy, sud-tergov jarayonlari va boshqa huquqiy masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi.

Fuqarolarning vajlari atroflicha tinglanib, ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Ombudsman vakolatiga taalluqli murojaatlar nazoratga olinib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar belgilangan tartibda ish yurituviga qabul qilindi. Ularda ko‘tarilgan holatlar Ombudsman vakolati doirasida ko‘rib chiqilib, zarur hollarda tegishli davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganiladi.


Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Ombudsmanga ombudsman.uz rasmiy sayti hamda “Ombudsman.uz” mobil ilovasi orqali elektron shaklda murojaat yuborishlari mumkin. Shuningdek, hududlarda Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga bevosita murojaat qilish imkoniyati ham mavjud.
Mintaqaviy vakillarning F.I.Sh., qabul manzillari, telefon raqamlari va qabul kunlari haqidagi ma’lumotlar ombudsman.uz saytining “Mintaqaviy vakillar” bo‘limida joylashtirilgan.


                                                                                                                                       Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati