Murojaatchining ta’kidlashicha, tegishli hujjatlarning mavjud emasligi sababli uning huquqiy maqomini rasmiylashtirish, shuningdek, 11 yoshli qizi uchun ham tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olishda qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Bu holat farzandining ta’lim olish huquqiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi, xususan, zarur hujjatlar yo‘qligi sababli maktabdagi ta’lim jarayonidan chetda qolish xavfini yuzaga keltirgan.
Mazkur murojaat o‘rganilib, fuqaroning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Zangiota tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga da’vo ariza kiritildi.
Sud tomonidan ishga oid hujjatlar va taqdim etilgan dalillar o‘rganilib, murojaatchining O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaganlik faktini belgilash masalasi ko‘rib chiqildi.
Natijada, sudning hal qiluv qarori bilan murojaatchi J.M. ning O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaganlik fakti belgilandi.
Shundan so‘ng, fuqaro J.M. O‘zbekiston Respublikasi shaxs guvohnomasiga, uning 11 yoshli qizi esa tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo‘ldi.
Shu tariqa, Ombudsman ko‘magida ona va uning qiziga huquqiy maqomiga oid hujjatlar rasmiylashtirilib, bolaning ta’lim olish huquqini amalga oshirish yo‘lidagi to‘siq bartaraf etildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






