Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Rossiya Federatsiyasida yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Rossiya Federatsiyasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari Bekzod Narimanov hamda diplomatik vakolatxona vakillari ishtirokida Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yurtdoshlarimizning murojaatlari tinglanib, dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, mehnat munosabatlari, ish haqi bilan bog‘liq muammolar, moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, Xorazm va Samarqand viloyatlaridan bo‘lgan fuqarolar tomonidan Vatanga qaytishga ko‘maklashish hamda ish beruvchilar tomonidan ish haqining to‘lanmayotgani yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Mazkur murojaatlar qabul qilinib, ularni o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan fikr almashilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Mazkur uchrashuv xorijda bo‘lib turgan yurtdoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati