Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
Ombudsmanning 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi maʼruzasi Senatning qo‘mita majlisida ko‘rib chiqildi
05 Mar
2025-yilning 5-mart kuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2024 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi maʼruzasi ko‘rib chiqildi.
Talabalar bilan uchrashuv: O‘zbekiston va Finlyandiya Ombudsmanlari tajribasi
04 Mar
2025 yil 4 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. "Inson huquqlarini taʼminlashda Ombudsman institutining roli: O‘zbekiston va Finlyandiya tajribasi" mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbatida xorijiy ekspertlar – Finlyandiya Adliya kansleri o‘rinbosari Mikko Pumalaynen va Xelsinki universiteti huzuridagi “Huquq ustuvorligi” markazi direktori Tuiya Braks spiker sifatida ishtirok etdilar. Ular  talabalarga inson huquqlarini himoya qilishdagi o‘z tajribalari, xalqaro hamkorlik hamda inson huquqlari sohasidagi zamonaviy yondashuvlar haqida maʼlumot berishdi.
Ombudsman devoni xodimlari uchun seminar-trening o'tkazildi
03 Mar
2025-yilning 3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi, Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi va Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida Ombudsman Devoni xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Ombudsman va Latviya elchisi inson huquqlari yo‘nalishidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi
03 Mar
2025-yilning 3-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi Reynis Troksha bilan uchrashdi.
Samarqandda “Ombudsman bog‘i” barpo etildi
28 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) instituti tashkil etilganiga 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Toza va qulay atrof-muhit – inson huquqlarini ta’minlash kafolati” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida Samarqand viloyatiga tashrif buyurildi.
Ombudsman institutiga 30 yil: Toza va qulay atrof-muhit – inson huquqlarini ta’minlash kafolati
27 Fev
2025-yilning 27-fevral kuni Toshkent shahrida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) institutining 30 yilligi munosabati bilan “Toza va qulay atrof-muhit – inson huquqlarini ta’minlash kafolati” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Ombudsman “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv dasturi ishtirokchilari bilan uchrashdi
26 Fev
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko‘ra, tashkil etilgan “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv dasturi mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi ishtiroki hamda gender tengligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi hisoblanadi. Mazkur tashabbus ayollarda yetakchilik salohiyatini oshirish, rahbarlik ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni yuqori lavozimlarga tayyorlashga qaratilgan.
Ombudsman va yoshlar uchrashuvi: huquqiy bilim va hamkorlik imkoniyatlari
20 Fev
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Ombudsman va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova talabalar bilan uchrashib, ularni Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. Suhbat davomida qiynoqlarning oldini olish, murojaatlar bilan ishlash kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
“Ombudsman maktabi” Navoiyda: huquqiy xabardorlik va aholi muammolarga yechim
19 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan chekka hududlardagi murojaatlar tahlil qilinib, aholining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ochiq muloqotlar va sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Bunday tadbirlarning asosiy maqsadi – joylardagi muammolarni tizimli o‘rganish va aholining huquqiy xabardorligini oshirishdir.
Atrof-muhitni muhofaza qilish - kelajakka g‘amxo‘rlik: maktablarda “Ombudsman soati” darslari o‘tkazilmoqda
15 Fev
2025-yil yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili deb e’lon qilindi. Bu muhim qaror tabiatni asrash va inson hayotini yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Tabiat va insonni ayro tasavvur qilish mumkin emas. Bugungi kunda, tabiatni asramasdan inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, jumladan yashash, shaxsning erkin kamol topishi, sog‘liqni saqlash huquqlari va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mumkin emas.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida Ombudsmanning 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzasi ko‘rib chiqildi
13 Fev
2025-yilning 13-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)ning 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzasi ko‘rib chiqildi.
Ombudsmanning 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi maʼruzasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalar yig‘ilishlarida ko‘rib chiqildi
10 Fev
2025-yilning 10-fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ning 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi maʼruzasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, “Adolat” SDP hamda O‘zLiDeP fraksiyalari yig‘ilishlarida eshitildi.