Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Varshavada o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi
2026-yil 9-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Polsha Respublikasining Varshava shahriga xizmat safari doirasida O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasida o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham so‘z yuritildi. Yoshlarning sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi uchun yaratilayotgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Ombudsman institutining inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi o‘rni, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari hamda xorijdagi vatandoshlar bilan muloqotni mustahkamlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati