Tadbirda Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Musulmonlar qoziyoti, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda sog‘liqni saqlash tizimi vakillari ishtirok etdi.
Muloqot davomida ishtirokchilarga oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun belgilangan ma’muriy va jinoiy javobgarlik, himoya orderi talablari, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlari va himoya choralari tushuntirildi. Shu bilan birga, oilaviy nizolarni zo‘ravonliksiz hal etish, o‘zaro hurmat, mas’uliyat va muloqot madaniyati masalalari muhokama qilindi.
Tadbir erkin muloqot shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarning ayrimlari bilan yakka tartibda suhbatlar tashkil etildi. Ular bildirgan murojaatlar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.
Hamkor tashkilotlar bilan bunday tadbirlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasining boshqa shahar va tumanlarida ham davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






