Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Surxondaryoda reabilitatsiya markazidagi 31 nafar ayol va bola kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Surxondaryo viloyati hududiy markazida yashayotgan ayollar va ularning farzandlari uchun kompleks tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ayni vaqtda markazda 13 nafar ayol va ularning 18 nafar farzandi yashamoqda. Ularni sog‘lig‘ini tekshirish uchun terapevt, ginekolog, stomatolog, pediatr va nevropatolog kabi tor soha mutaxassislari jalb etildi.

Ko‘rik davomida ayollar va bolalarning salomatlik holati baholanib, zarur tibbiy tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha tekshiruv yoki davolanish talab etiladigan holatlar bo‘yicha keyingi tibbiy choralar belgilandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati