Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namangan koloniyasidagi o‘lim holati Ombudsman mintaqaviy vakillari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi
30 May
Avval xabar berganimizdek, Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan 6-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tab kelgan mahkum Sh.S.ning bevaqt o‘limi holati Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan o‘rganildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili magistratura tinglovchilariga mashg‘ulot o‘tdi   
29 May
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova ishtirokida mashg‘ulot tashkil etildi. Unda Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar xususida so‘z bordi.
O‘z joniga qasd qilingani aytilayotgan mahkum holati Ombudsman tomonidan o‘rganilmoqda
29 May
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi qamoqxonada mahkum o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar tarqaldi. Unda marhumning onasi tomonidan o‘g‘lining tanasida qiynoq izlari borligi qayd etilganligi maʼlum qilingan.
Ombudsman 2023-yilda eng ko‘p murojaat yo‘llagan hududdagi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
29 May
2023-yilda Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p murojaat yuborgan hududlar uchligidan Toshkent shahri o‘rin olgan hamda ushbu hududda jami murojaatlar soni 2226 tani tashkil etgan. Ularda asosan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari ko‘tarilgan.
Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli vazirlikka Ombudsman taqdimnomasi kiritildi
28 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi Qarshi tumanida
27 May
Ma’lumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan ko‘p murojaatlar kelib tushadigan chekka-chekka hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda. 
Maktablarda joriy o‘quv yilidagi so‘nggi “Ombudsman soatlari” o‘tkazildi
24 May
Xabaringiz bor, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda o‘quvchilarning huquqiy xabardorligini oshirish uchun respublikamiz bo‘ylab “Ombudsman soati” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu darslar noanʼanaviy, kreativ, qiziqarli o‘tkazilishi uchun Ombudsman tomonidan videodarslar tayyorlangan.
Buxorodagi dispanserda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo'lmagan bemorlar mavjudligi aniqlandi
24 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynova viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseriga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Ombudsman boshchiligida Namangandagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigann  yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
22 May
Davlat rahbarining 2021-yil 26-iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qiynoqlarning oldini olish maqsadida Jamoatchilik guruhlari bilan birgalikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflarini amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish belgilangan.