Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Murojaatchi uyiga yaqin hududda boshlangan qurilish ishlari to‘xtatildi - Ombudsman
14 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi fuqaro A.S. xonadoni oldidan atiga 5 metrlik masofa uzoqligida qurilish boshlanganidan norozi bo‘lib murojaat qildi. Murojaat nazoratga olinib, joyiga chiqib o‘rganish uchun Ombudsmanning Andijondagi mintaqaviy vakiliga yo‘naltirildi.
Namangandagi vaqtincha saqlash hibsxonasi va tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar murojaatlari o‘rganildi
11 Okt
Joriy yilning 9 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan viloyatdagi Vaqtincha saqlash hibsxonasiga (VSH) monitoring tashrifi amalga oshirildi.
O‘quvchilarga o‘z huquqlarini talab qila olishdagi muhim ko‘nikmalar berilmoqda
11 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Ombudsman soati” loyihasi doirasida o‘quvchilarning inson huquq va erkinliklari bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan darslar tashkil etildi. Bu loyiha yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish va o‘z huquqlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Varshava konferensiyasining oxirgi kuni gender tenglik va kamsitmaslik masalalariga bag‘ishlandi
10 Okt
Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tayotgan insoniylik mezonlariga bag‘ishlangan konferensiyaning oxirgi sessiyasi Tolerantlik va kamsitmaslik deb nomlandi.
O‘zbekiston Ombudsmanining Polshaga rasmiy tashrifi: YEXHT/DIIHB vakili bilan uchrashuv
10 Okt
Xabaringiz bor, shu kunlarda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tayotgan insoniylik mezonlariga bag‘ishlangan konferensiyada ishtirok etmoqda. YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) hamkorligida tashkil etilgan nufuzli tadbirda YEXHTning inson xavfsizligi o‘lchovi doirasida qabul qilingan barcha majburiyatlarning bajarilishi holati bo‘yicha muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansining IX-yig‘ilishi o‘tkazildi
09 Okt
Jamiyatni raqamlashtirish sharoitida inson huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari bo‘yicha ilg‘or tajribalar almashinuvi. 2024-yilning 9-oktabr kuni o‘tkazilgan Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansining IX–yig‘ilishi ushbu mavzuga bag‘ishlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari B.Narimanov onlayn shaklda ishtirok etdi.
Tug‘ruq ta’tilida bo‘lgan ayollarning ish joyi saqlanishi lozim
09 Okt
Ombudsmanga murojaat: “Tug‘ruq taʼtilidan so‘ng meni tug‘ruq taʼtiliga ketgan boshqa xodimning o‘rniga ishga qo‘yishdi. U ishga qaytgandan so‘ng esa meni ishdan noqonuniy bo‘shatib yuborishdi. Nima qilay?
Senat qo‘mitasi majlisida Ombudsman faoliyatini tartibga soluvchi yangi tahrirdagi qonun muhokama qilindi
08 Okt
Joriy yilning 8 oktyabr kuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
“Ombudsman klubi” aʼzolari Inson huquqlari bo‘yicha vakil faoliyati bilan tanishdi
08 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Toshkent davlat yuridik universiteti yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 2021 yildan buyon hamkorlikda ishlab kelmoqda. 2023 yilda imzolangan memorandum doirasida mazkur universitetda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qoshida “Ombudsman klubi” ham tashkil etilgan.