Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman MDH Inson huquqlari bo‘yicha Komissiyasining to‘rtinchi yig‘ilishida ishtirok etdi
Joriy yilning 16 aprel kuni Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Inson huquqlari bo‘yicha Komissiyasining navbatdagi (to‘rtinchi) yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova ham ishtirok etdi.

Komissiya yig‘ilishida MDH doirasida Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilinganining 30 yilligi hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan maxsus bayonotlar qabul qilindi.

Yig‘ilish kun tartibidan jami 17 ta masala o‘rin oldi. Jumladan:

Penitensiar tizimda inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi holati;

• Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining huquqlarining taʼminlanishi ustidan monitoring natijalari;

• Yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning huquq va erkinliklarini taʼminlash bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

O‘zbekiston Parlamenti Ombudsmani Feruza Eshmatovaning chiqishi yoshlar huquqlariga rioya etilishi masalasiga bag‘ishlandi. U o‘z nutqida yoshlar huquqlari masalasi O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini taʼkidlab, mazkur sohada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va jamoatchilik nazoratining kengayib borayotganiga eʼtibor qaratdi.

Shuningdek, yig‘ilishda Qozog‘iston, Belarus, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Rossiya Ombudsmanlari ishtirokida inson huquqlarini taʼminlashga oid ilg‘or tajribalar bo‘yicha fikr almashildi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati