Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Moskvadagi xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lib, yurtdoshlarimiz bilan uchrashdi
2025-yil 17-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova xizmat safari doirasida Moskva shahrining Saxarovo hududida joylashgan xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga tashrif buyurdi. Ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi huzuridagi Migratsiya agentligi vakolatxonasi xodimi hamda Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Devonining Fuqarolik, migratsiya va xorijiy fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Viktoriya Saltanova hamrohlik qildi. 

Tashrif davomida Ombudsman Markaz rahbari bilan uchrashib, hamyurtlarimizning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish va boshqa sharoitlari bilan tanishdi. 

Shundan so‘ng, markazda vaqtincha saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan muloqot qilindi va ular muammolari o‘rganildi.

Yurtdoshlarimiz tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Keyin esa, hamyurtlarimiz tomonidan ko‘tarilgan masalalar Markaz maʼmuriyati va hamkorlar bilan birgalikda muhokama qilindi va ularning yechimi bo‘yicha hamkorlikdagi choralar belgilandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati