Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xorazm viloyatidagi qator yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
11 Dek
2024 yilning 10 dekabr kuni Ombudsman jamoatchilik vakillari bilan birgalikda  Xorazm viloyatidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirdi. Jumladan, 11-son tergov hibsxonasidagi sharoitlar,  mahbuslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, isitish tizimi va boshqa holatlar o‘rganildi. Monitoring doirasida voyaga yetmaganlar va ayollar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari o‘rganildi hamda mahbuslarning yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazildi. 
Kosondagi 10-sonli Jazoni ijro etish koloniyasidagi holat o‘rganildi - Ombudsman
11 Dek
Ijtimoiy tarmoqlarda “Kosondagi JIEMda himoyamdagi shaxsga kuchli bosim bo‘lmoqda. Koloniya rahbariyati menga ham tahdid qilyapti” sarlavhasi ostidagi eʼlon qilingan xabar Ombudsmanning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan jamoatchilik vakillari bilan birga zudlik bilan monitoring amalga oshirilgan holda o‘rganildi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman boshchiligida yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirilmoqda
10 Dek
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda uning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan amalga oshirilgan monitoring tashriflari davomida qator muassasalarda inson huquqlari va yaratilgan sharoitlarga oid holatlar va ularning tegishli normativ hujjatlarga muvofiqligi o‘rganilmoqda.
Konstitutsiya inson huquqlarini himoya qilishning mustahkam poydevori
08 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) jamoasi o‘zbek xalqini 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan tabriklaydi!
Ombudsman soati: O‘quvchilarga inson huquqlariga oid zarur ko‘nikmalar berildi
07 Dek
Inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan tashabbuslar doirasida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan mamlakatimizdagi qator maktablarda “Ombudsman soati” tadbirlari tashkil etildi.
Murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
06 Dek
Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) Kotibiyatiga fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda va tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va oldini olish yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan 2024 yilning o‘n oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan BRIFING
04 Dek
2024 yilning 10 oyda Ombudsman va Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 774 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi. 2023-yilning 10 oyida ushbu ko‘rsatkich 468 tani tashkil etgan edi.
Murojaatchining mulk huquqi tiklandi - Ombudsman
03 Dek
Fuqaro A.G.ga Guliston shahridagi uy-joy qurish uchun ajratilgan “turar” joy toifasiga kiruvchi yer, rasmiylashtirish jarayonida kadastr idorasi tomonidan “noturar” joyga o‘zgartirilgan. Bu o‘zgartish natijasida fuqaro nomiga 9 million so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi yuzaga kelgan.
Ombudsman va YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi
02 Dek
2024 yilning 2 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen bilan uchrashdi.