Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman soati: O‘quvchilarga inson huquqlariga oid zarur ko‘nikmalar berilmoqda
Inson huquq va erkinliklari bo‘yicha ta’lim berishga qaratilgan tashabbuslar doirasida Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan Respublikamizdagi qator maktablarda “Ombudsman soati” darslari tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 16-sonli, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 9 va 19-sonli, Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi 8-sonli va tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi, Andijon viloyati Shahrihon tumanidagi 1 va 5-sonli, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 5-sonli, Paxtaobod tumanidagi 2-sonli, Buloqboshi tumanidagi 4 va 43-sonli, Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 45-sonli, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 3-sonli hamda Gurlan tumanidagi 1 va 2-sonli, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi 20 va 21-sonli hamda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Akademik lisey o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazildi.

1000 nafardan ortiq o‘quvchi yoshlar qamrab olingan mazkur darslar interaktiv uslubda tashkil etilib, ularga o‘z huquq va burchlarini anglashlari uchun ko‘maklashuvchi videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, tadbirlarda internet va axborot xavfsizligi, virtual gigiyena, atrof-muhitni asrash, giyohvandlikka qarshi kurashish, Bosh qomusimizda mustahkamlangan yoshlarning huquq va majburiyatlari borasida keng ko‘lamli tushuntirishlar berildi.

O‘zaro savol-javob va qizg‘in muhokamalarga boy tarzda o‘tgan darslar yakunida o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati