Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan navbatdagi monitoring tashriflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida joylashgan jazoni ijro etish koloniyalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari, tergov hibsxonalari, tibbiyot punktlari, internat uylari hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarda amalga oshirildi.