Murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, qarzdorning jinoiy javobgarlikka tortilganligini hisobga olib, aliment qarzdorligini Aliment to‘lovlari jamg‘armasi hisobidan undirib berish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Bosh prokuratura huzuridagi MIBga murojaat qilindi.
MIB maʼlumotiga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudining 2024-yil 9-dekabrdagi hukmiga asosan qarzdor T.R. aybli deb topilib, unga jinoyat natijasida yetkazilgan 107,6 million so‘m zararni qoplash hamda 1 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
Ombudsman murojaatidan so‘ng, 2025-yil 18-aprel kuni Davlat aliment to‘lovlari jamg‘armasi hisobidan 107,6 million so‘m mablag‘ undiruvchining bank plastik kartasiga o‘tkazib berilgan.
Qonunchilikka muvofiq, davlat ijrochisi jamg‘arma hisobidan qoplangan aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdordan ushbu mablag‘larni Davlat aliment jamg‘armasiga qaytarish yuzasidan belgilangan tartibda ijro harakatlarini amalga oshiradi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati