Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar qayerga murojaat qilishlari kerak?
03 Apr
"Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar, boshqa jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan tazyiq va zo‘ravonlik holati to‘g‘risida quyidagi shakllarda murojaat qilinadi:
Ombudsman BMT Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkiloti vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi
02 Apr
Bugun, 2 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova BMTning Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Endryu Djeremi Grey bilan uchrashdi.
Ochiq muloqot: fuqarolar Ombudsmanga qanday masalalarda murojaat yuborishmoqda?
02 Apr
Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda eng ko‘p murojaatlar aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy yordam olish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, pensiya, sud jarayonlari hamda uy-joy bilan bog‘liq masalalarga to‘g‘ri kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu sababli “Ombudsman maktabi” tadbirlarida ayni shu mavzular tanlab olinib, tegishli tashkilot vakillari jalb qilindi hamda mazkur tadbirlarda aholiga qulayliklar yaratish borasida ularga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida huquqiy xabardorligi oshirildi.
“XAROMXOR XOKIMLAR SAYXUNOBODA!” nomli xabar o‘rganildi
01 Apr
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Xaromxo‘r hokimlar Sayhunobodda!” sarlavhali videoda fuqaro Shahnoza Ahmedova tomonidan qurilgan bino adolatsiz sudlar sababli buzilayotgani haqida xabarlar tarqaldi, lekin, unda murojaat tafsilotlari to‘liq ochiqlanmagan edi. Fuqaroning mulk huquqlari buzilayotgandek talqin qilingan mazkur xabar Ombudsman tomonidan nazoratga olinib o‘rganildi.
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
28 Mar
2025-yilning 28-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Jamg‘arma hisobidan voyaga yetmagan bolalar manfaatida 109,4 mln so‘m aliment puli undirilishi belgilandi - Ombudsman
28 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqaro D.J. tomonidan murojaat qilib, farzandlarining otasi S.X. voyaga yetmagan ikki nafar farzandi uchun uzoq vaqtdan buyon aliment to‘lamay kelayotgani, shuningdek, aliment qarzdorligini "Aliment jamg‘armasi" hisobidan to‘lab berilishi haqida ariza bilan murojaat qilgan bo‘lsada, murojaati qanoatlantirilmaganligini maʼlum qilgan.
Yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi: murojaatlar asosida amaliy yordam ko‘rsatildi
27 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) instituti tomonidan joriy haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Farg‘ona, Sirdaryo, Andijon, Surxondaryo, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan bir qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Noqonuniy qurilish ishlari va sud qarorlarining ijro etilmayotgani holati Ombudsman tomonidan o‘rganilmoqda
26 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Qorasaroy” turar majmuasi aholisi murojaati yuzasidan o‘rganish boshlandi.
“O‘quvchi – kelajak himoyachisi: Ombudsman soatida ekologik taʼlim”
26 Mar
Siz bolaligingizda atrof-muhitni himoya qilish va ekologik majburiyatlaringiz haqida qayerdan o‘rgangansiz? Hozirda o‘quvchilar buni maktabda, “Ombudsman soati” darslarida o‘rganishmoqda.