Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman faoliyati haqida nimalarni bilishingiz kerak?
10 Iyu
Ombudsman so‘zi - bugun rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda «inson huquqlarini himoya qiluvchi» sifatida tushuniladi. Yaʼni qonun hujjatlarining ijrosi bo‘yicha davlat organlari ustidan nazorat olib boradi.
Navoiy viloyatidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
09 Iyu
2024 yil 9 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda uning huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari aʼzolari Navoiy shahrida joylashgan 4-son jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirishdi.
Ayollar koloniyasidagi 998 nafar mahkumaga tuzalish yo‘liga o‘tganligi bo‘yicha xulosa berildi
08 Iyu
Joriy yilning 5 iyul kuni 21-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumalarning tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniqlash mezonlari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi. Komissiya aʼzolari tarkibida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili ham ishtirok etdi.
Buxorodagi vaqtincha saqlash hibsxonasi sharoitlari o‘rganildi
06 Iyu
2024 yilning 3 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili(ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Huseynova Buxoro viloyatidagi Vaqtincha saqlash hibsxonasiga (VSH) monitoring tashrifini amalga oshirdi. Monitoringda ushbu muassasada saqlanayotgan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, 10 nafarga yaqin gumonlanuvchilar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi bir qator yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
05 Iyu
2024 yilning 4-5 iyul kunlari Ombudsman o‘rinbosari, kotibiyat xodimlari, mintaqaviy vakil hamda Jamoatchilik guruhlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda navbatdagi monitoring tashriflari amalga oshirildi. Monitoringlarda, shuningdek, Oliy Majlis Senati aʼzolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi deputatlari, Ijtimoiy himoya boshqarmasi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hududiy Kengashi vakillari ham ishtirok etishdi.
Namangan viloyatidagi tergov hibsxonasi: Issiq kunlarda mahkum va mahbuslarga qanday sharoitlar yaratilgan?
04 Iyu
2024 yilning 3 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili J.Valiyev Namangan viloyatidagi 6-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini samarali bajarayotgani eʼtirof etildi
04 Iyu
O‘zbekiston tashqi siyosatida milliy manfaatlardan kelib chiqib, nafaqat xorijiy davlatlar, balki yirik xalqaro tashkilotlar bilan ham o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Yoshlar kuni munosabati bilan Navoiy viloyatidagi mahkumlar uchun konsert dasturlari tashkil etildi
03 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Navoiy viloyatidagi 4,5,11,12 jazoni ijro etish koloniyalari va 36-son Manzil koloniyada 30 iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan konsert dasturlari va turli sport mashg‘ulotlari uyushtirildi.
Sirdaryoda navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbiri tashkil etildi
03 Iyu
2024 yilning 28 iyun kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi 1-sonli umumiy umumtaʼlim maktabida navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbir o‘tkazildi. Unda “Do‘stlik”, “Tinchlik”, “Istiqlol” mahallalari aholisi qamrab olindi.