Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Mahkum va mahbuslar murojaatlari o‘rganilmoqda
O‘tgan hafta davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Andijon, Samarqand hamda Buxoro viloyatlaridagi mintaqaviy vakillari tomonidan koloniya va hibsxonalarda saqlanayotgan shaxslarning murojaatlari o‘rganildi.

Jumladan, Andijon shahrida joylashgan 3-son tergov hibsxonasi, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi 37-son Manzil-koloniyasi hamda Buxoro viloyatidagi 17-son Jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashriflari amalga oshirildi. Ularda jami 40 nafar mahkum va mahbuslar murojaati bo‘yicha yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.

Yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslardan kelib tushgan murojaatlarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilishida, kasb-hunar o‘rganish, mehnatga jalb etish, ijtimoiy yordam olishda, sud jarayonlariga oid, jazo turini yengillashtirish, yaqin qarindoshlar bilan qo‘shimcha uchrashuv tashkil etishda amaliy yordam so‘rashgan. Murojaatlar joyida nazoratga olinib o‘rganildi.

Shuningdek, tashrif davomida Ombudsman ishonch telefoni orqali mahkum N.S. tomonidan Samarqanddagi koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumalarga nisbatan qo‘pol munosabat va muomalada bo‘linayotgani bo‘yicha qoldirilgan murojaat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida 20 nafarga yaqin mahkumalar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilganda, murojaatda keltirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Bundan tashqari, monitoringda mazkur muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning yashash, ovqatlanish, mehnat qilish va tibbiy xizmatdan foydalanish sharoitlari, kutubxona, yo‘qlov qabul qilish joylari, telefon orqali so‘zlashuv hamda uchrashuv xonalar holati o‘rganildi.

Shuningdek, hududlardagi “Ombudsman quti”lari tekshirilib, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar bilan jamoaviy suhbatlar ham tashkil etildi.

Monitoring tashriflari yakunlariga ko‘ra, mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsman ta’sir choralari shakldagi hujjatlar kiritilishi ta’minlanadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati