Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning 2024-yildagi faoliyati ko‘rib chiqildi
07 Fev
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi tomonidan Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)ning 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Ish staji arxiv hujjatlarida saqlanmagan fuqarolar huquqi qay tartibda taʼminlanadi?
06 Fev
Fuqaro O.P. pensiya yoshiga yetgan, lekin pensiya tayinlash bo‘yicha yozgan arizasini ko‘rib chiqish jarayonida uning 12 yil davomida xususiy korxonada suvoqchi-bo‘yoqchi bo‘lib ishlagan yillarini tasdiqlovchi hujjatlar arxivda saqlanmagani sababli hisobga olinmagan.
Surxondaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi yopiq muassasalarga monitoring tashriflari o‘tkazildi
05 Fev
O‘tgan hafta davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Surxondaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi mintaqaviy vakillari harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirishdi.
Murojaatchilarning 100 mln so‘mlik ish haqlari undirildi
03 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Sirdaryo viloyatida yashovchi fuqarolarning jamoaviy murojaati kelib tushdi. Unda fuqarolar Guliston shahrida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi tomonidan 2023 yil oktyabr va noyabr oylaridagi 15 kunlik ishlagan davrlari uchun ish haqi berilmaganidan shikoyat qilishgan.
Ombudsmanning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
30 Yan
Bugun Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda fuqarolar tibbiyot xodimlarining himoyasi, uy-joy, aliment mablag‘larini undirish, mahkumlar huquqlari, bank-kredit, ijtimoiy, iqtisodiy, murojaat etish huquqlari, sud-tergov hamda fuqarolar o‘rtasidagi nizoli masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi.
Fuqarolik jamiyati institutlarining deputatlar faoliyatidagi ahamiyati
30 Yan
2025-yil 28-30 yanvar kunlari Parlament tadqiqotlari instituti va Konrad Adenauyer jamg‘armasi hamkorligida “Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari faoliyatini ilmiy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Aholi murojaatlari qo‘shimcha mutaxassislar jalb etilgan holda joyiga chiqib o‘rganilmoqda
29 Yan
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Navoiy shahrida yashovchi, qaramog‘ida 3 nafar farzandi va 4 nafar singillari bo‘lgan yolg‘iz ona ijtimoiy huquqlari tiklanishi bo‘yicha murojaat qildi.
Ayollar koloniyasi haqidagi xabarlar joyiga chiqib o‘rganildi 
28 Yan
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumanidagi 21-sonli ayollar jazoni ijro etish muassasasida mahkumalarga nisbatan munosabat, ularning tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi cheklanayotgani va qishki mavsumda yetarli sharoitlar yaratilmagani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Mazkur holat nazoratga olinib, bugun Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. 
2024 yilda kredit rasmiylashtirishga oid firibgarlik holatlari 42 %ga oshgan - Ombudsman
27 Yan
2024 yilda Ombudsmanga fuqarolardan iqtisodiy huquqqa oid 6 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 9 foizi firibgarlik holatlari bilan bog‘liq. Fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari asosida turli tijorat banklaridan kredit ajratish holatlari sezilarli darajada ko‘paygan. 2023 yilda shunday murojaatlar soni 110 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu raqam 42 foizga oshgan.