Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Mahkum murojaatiga asosan 46-son manzil-koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
2025 yil 17 iyun kuni NUZ.UZ internet nashrida eʼlon qilingan murojaatda Toshkent viloyatida joylashgan 46-son manzil koloniyasida jazoni o‘tayotgan mahkum tomonidan muassasa sharoiti, mehnatga jalb qilish, sanitariya talablari, oziq-ovqat bilan taʼminlash, muomala madaniyati va jazo muddatiga taʼsir qilish bilan bog‘liq holatlar bayon etilgan. 

Mazkur murojaat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan darhol nazoratga olindi.

Shu kunning o‘zida Ombudsman Kotibiyati masʼul xodimlari, Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakil hamda Ombudsman huzuridagi Jamoatchilik guruhi aʼzolari tomonidan muassasaga joyiga chiqib, murojaatda ko‘tarilgan holatlar o‘rganildi va mahkumlar bilan yakka tartibda suhbatlashildi.

O‘rganish yakuni hamda Ombudsman tomonidan ko‘rilgan taʼsir choralari haqida jamoatchilikka qo‘shimcha maʼlumot berilishi maʼlum qilinadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati