Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namangandagi 6-son tergov hibsxonasidan yuborilgan murojaatlar o‘rganilmoqda
07 Yan
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili J.Valiyev 6-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Qashqadaryodagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga monitoring tashrifi amalga oshirildi
06 Yan
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Yakkabog‘ tumanida joylashgan Qashqadaryo viloyati ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Unda jamoatchilik guruhi vakillari ham ishtirok etdi.
Fuqaroning ijtimoiy huquqi tiklandi
04 Yan
Ombudsmanga murojaat qilgan fuqaro pensiya miqdori to‘g‘ri hisoblanmagani sababli o‘z huquqlarini tiklashni so‘radi. U pensiyasi 920 000 so‘m etib belgilanganini, ammo ish haqi to‘liq hisoblanmagani sababli haqiqiy miqdordan ancha kam mablag‘ olayotganini ta’kidlagan. Fuqaro bu muammo bo‘yicha Zangiota tumani Pensiya bo‘limiga murojaat qilgan, ammo uning murojaati yuzaki o‘rganilib, rad etilgan.
Ombudsman taʼsir chorasi kiritilgandan so‘ng Buxorodagi qator yopiq muassasalardagi sharoitlar yaxshilandi
27 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili viloyat “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamda Qorako‘l tumanida joylashgan “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyiga amalga oshirgan monitoring tashriflarida qator kamchiliklar aniqlanib, ushbu holatlarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotga Ombudsman xulosasi kiritilgan edi.
Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi
26 Dek
Oliy Majlis palatalari kengashlarining 2022-yil 15-iyuldagi qo‘shma qarori bilan Ombudsman F.Eshmatova boshchiligida 14 nafar deputatlar, senatorlar, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillaridan tashkil topgan Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiyaning axboroti Parlament palatalari kengashlarining qo‘shma yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
25 Dek
Joriy yilning 25 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
25 Dek
Ombudsmanning Sirdaryo viloyati va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari joriy haftada iqtisodiy va mehnat huquqlariga oid murojaatlarni joyiga chiqib o‘rganishdi.
Mahkumni tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmagan deb topish masalalari Ombudsman mintaqaviy vakillari ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda
24 Dek
Ma’lumki, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniqlash yuzasidan tegishli komissiya faoliyat yuritmoqda. Komissiya tarkibida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari, xalq deputalari mahalliy Kengashlari deputatlari va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etishmoqda.
2024 yilda Namangandagi 310 nafar mahkum kasb-hunarga o‘rgatildi
23 Dek
Xabaringiz bor, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan viloyatdagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda. 2024 yil yakunlariga ko‘ra, Namangandagi jazo muddatini o‘tayotgan 310 nafar mahkumlar o‘z qiziqishlari bo‘yicha kasb-hunarga o‘rgatildi.