Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Samarqand viloyatining chekka hududlaridan birida sayyor qabul o‘tkazildi
Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va ularga huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida navbatdagi sayyor qabul Samarqand viloyatining chekka tumanlaridan biri — Paxtachi tumanida o‘tkazildi.

Unda tumandagi “Burqut”, “Mirzo Salimiy”, “Istiqlol” hamda “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi fuqarolar ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida 11 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarda asosan aliment to‘lovlari, ijtimoiy yordam, pensiya va nafaqa ta’minoti, sud hujjatlari ijrosi hamda boshqa huquqiy masalalar ko‘tarildi.

Qabul jarayonida fuqarolarga joyida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar bo‘yicha arizalar qabul qilinib, tegishliligi bo‘yicha davlat tashkilotlariga yuborildi hamda ularning ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan o‘tkazilayotgan bunday sayyor qabullar fuqarolar murojaatlarini bevosita joyida o‘rganish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va huquqiy yechim talab etadigan masalalarni mas’ul idoralar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqishga xizmat qilmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.