Qabulda fuqarolarning vajlari atroflicha tinglanib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi va Ombudsman vakolatiga oid murojaatlar nazoratga olindi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar belgilangan tartibda ish yurituviga qabul qilindi. Ularda ko‘tarilgan holatlar Ombudsman vakolati doirasida o‘rganilib, tegishli davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Ombudsmanga ombudsman.uz rasmiy sayti hamda "Ombudsman.uz" mobil ilovasi orqali elektron shaklda murojaat yuborishlari mumkin. Shuningdek, hududlarda Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga bevosita murojaat qilish imkoniyati ham mavjud. Mintaqaviy vakillarning F.I.O., qabul manzillari, telefon raqamlari va qabul kunlari haqidagi ma’lumotlar ombudsman.uz saytining "Mintaqaviy vakillar" bo‘limida joylashtirilgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.






