Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston va Rossiya Ombudsmanlari inson huquqlari sohasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar
29 Iyu
2025 yil 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Andijon viloyatidagi hibsxonalarda va maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslar Ombudsmanga qanday masalada murojaat qilishdi?
24 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Jasur Ibroximov 2025 yil iyul oyi davomida viloyatdagi qator hibsxonalarda monitoring tashrifini amalga oshirdi va sayyor qabul o‘tkazdi.
Ombudsman xususiy korxonalarda ishga jalb qilingan mahkumlarga yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi
21 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nafaqat jazoni ijro etish muassasalarida, balki mahkumlar ishga jalb etilgan xususiy tadbirkorlik subyektlaridagi sharoitlarni ham o‘rganmoqda.
Tojikistondagi Inson huquqlari maktabida O‘zbekiston Ombudsmani vakili ishtirok etdi
18 Iyu
2025 yil 15-18 iyul kunlari Tojikistonning Guliston shahrida “Inson huquqlari bo‘yicha yozgi maktab” tashkil etildi. Ushbu xalqaro tadbir Tojikiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Devoni tomonidan YEXHTning Dushanbedagi loyihalari koordinatori ofisi ko‘magida tashkil etildi.
Fuqarolar murojaatlari  joyiga chiqib o‘rganilmoqda
17 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) yo‘llangan murojaatlar ularga aniqlik kiritish va qo‘shimcha maʼlumotlarga ega bo‘lish maqsadida uning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Ombudsman o‘rinbosari qabuli: fuqarolar murojaati eshitildi
15 Iyu
2025 yil 15 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosarining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Fuqaroning erkin harakatlanish huquqi tiklandi
15 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yashovchi fuqaro O.Y. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Respublikamizdagi qator penitensiar muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
14 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan navbatdagi monitoring tashriflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida joylashgan jazoni ijro etish koloniyalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari, tergov hibsxonalari, tibbiyot punktlari, internat uylari hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarda amalga oshirildi.
Yopiq muassasalarda inson qadri: Sirdaryodagi tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi o‘tkazildi
10 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili 8-sonli Tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Monitoring doirasida qator intellektual va targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazildi. Bu esa yopiq muassasalarda ham inson qadrini taʼminlash, voyaga yetmaganlar manfaatlarini himoya qilish va qonunchilikka oid bilimlarni oshirishga xizmat qilmoqda.