Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xorazm viloyatida “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida ayollar murojaatlari o‘rganildi va hal etildi
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Xorazm viloyati hududiy markazida Ombudsman tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida Huquqiy yordam avtobusi tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda markazda saqlanayotgan 14 nafar ayol bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy masalalarga oid murojaatlari qabul qilindi. Hozirda u yerda ushbu ayollar 20 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan birga vaqtincha joylashtirilgan.

Xususan, 2 nafar ayolga sudga daʼvo arizasi kiritish va uyga egalik huquqi olish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi, 2 nafar ayolning 4,8 mln so‘m aliment pullarini undirlishiga ko‘maklashildi.

Shuningdek, 2 nafar ayolning farzandlarini markazga yaqin hududdagi maktabgacha taʼlim muassasasiga va maktabga joylashtirishda amaliy yordam berildi.

Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan markazdagi ayollar va ularning farzandlarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkazish va kerakli muolajalar qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati