Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
murojaat
Fuqarolar Ombudsmanga qanday masalalar bilan murojaat qilmoqda?
30 Apr
2026 yilning 30 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda 40 nafardan ortiq fuqarolar murojaatlari tinglandi.
Ombudsmanga Qoraqalpog‘iston Respublikasidan yuborilgan murojaatlarda qanday masalalar ko‘tarilgan?
24 Apr
Aholining inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Ombudsman maktabi” platformasi doirasidagi tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etilmoqda.
Samarqandda mehnat huquqiga oid ikki murojaat ijobiy hal etildi
21 Apr
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakiliga mehnat huquqlarini taʼminlash bilan bog‘liq ikki murojaat kelib tushdi. Ko‘rilgan choralar natijasida har ikki holatda ham fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi.
Ombudsman: Navoiyda “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida 2 ta holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi
16 Apr
2026 yil 25 mart kuni Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Navoiy viloyati hududiy markazi boshpanasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida “Huquqiy yordam avtobusi” tadbiri o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘istonda zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatildi
13 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tomonidan “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy markazida “Huquqiy yordam avtobusi” tadbiri tashkil etildi.
Ombudsmanning sudga kiritgan arizasi asosida fuqarolarning mulk huquqlari tiklandi
07 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Jizzax viloyatidan fuqaro Sh.O. murojaat qilib, marhum otasi nomida bo‘lgan uy-joyni meros sifatida rasmiylashtirishda muammo yuzaga kelganini maʼlum qildi. Murojaatda marhumning farzandlari Davlat xizmatlari markazi va Kadastrlar palatasi tuman bo‘limiga qilgan murojaatlari orqali masala hal bo‘lmagani, shu sababli ularning qonuniy huquqlarini tiklashda amaliy yordam so‘rashgan.
Navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
31 Mar
2026 yil 30 mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)  o‘rinbosari B.Narimanov tomonidan 2026 navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Gender kamsitishga uchragan ayolning mehnat huquqlari tiklandi
26 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga  ayol A.Yu. murojaat qilib, ishga qabul qilish jarayonida jinsiga ko‘ra kamsitishga duch kelganini maʼlum qildi.
Ombudsman ko‘magida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln so‘m undirildi
17 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga  fuqaro G.M. murojaat qilib, Farg‘ona shahridagi 1-sonli “Nurli maskan” maktab-internati tomonidan noqonuniy ishdan bo‘shatilganini maʼlum qilgan. Murojaatchi huquqlarini tiklashda amaliy yordam so‘ragan.
Ombudsman fuqarolar qabulini o‘tkazdi
27 Fev
2026 yil 27 ferval kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul jarayonida 30 nafardan ortiq fuqarolar murojaatlarini qoldirishdi.
Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari murojaatlarni joyiga chiqib o‘rganmoqda
21 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro, Andijon, Sirdaryo, Surxondaryo, Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi mintaqaviy vakillari tomonidan fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Fuqarolar murojaatlari qabul qilinmoqda
19 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) instituti tomonidan fuqarolar qabuli davom ettirilmoqda.